Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Ronaldu «MYu»ga zaxirada o‘tirish uchun qaytgan emas». Roy Kin Kerrikni tanqid qildi

29.11.2021, 21:25

«Manchester Yunayted» sobiq sardori Roy Kin Krishtianu Ronalduning «Chelsi»ga qarshi o‘yinni zaxiradan boshlagani haqida fikr bildirib, murabbiy Maykl Kerrikni tanqid qildi.

«Ronaldu «MYu»ga zaxirada o‘tirish uchun qaytgan emas. U asosiy tarkib futbolchisi.

Menga Ronalduning finish hushtagi chalinganidan so‘ng, Kerrikka qo‘l tashlamagani g‘alati tuyulmadi. Uning xafa bo‘lishi o‘rinli, sababi u zaxirada o‘tirish uchun kelmagan. Buning nima keragi bor?

Ronaldu jahon darajasidagi futbolchi. U «MYu»ga qaytganidan so‘ng bir qancha yaxshi natijalarga erishdi, gol va assistlar qayd etdi. Ko‘p marta jamoaga aynan u g‘alaba olib keldi. Shu sabab Kerrikning qarorini oqlamayman. Siz yulduz futbolchilar bilan qanday ishlashni bilishingiz kerak, sababi aynan ular sizning jamoangizni saqlab qoladi», – deydi Kin.

Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘yinning 64-daqiqasida Sanchoning o‘rniga maydonga tushdi. Uchrashuv tomonlarning 1:1 hisobidagi durangi bilan yakun topdi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
S

  SHavkatjon [off]
30.11

Murabbiy istaganini qiladi

  [off]
29.11

to‘g‘ri fikr lekin....
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты