Ronaldu «Oltin to‘p»ni topshirish marosimiga bormagan
29.11.2021, 21:39
«Manchester Yunayted» forvardi Krishtianu Ronaldu bugun, 29 noyabr kuni Parijga bormadi.
Portugaliyalik futbolchiga yaqin manba sanalmish jurnalist Pedru Sepulvedaning Twitter’dagi sahifasida yozishicha, Ronaldu Parijda o‘tadigan «Oltin to‘p» topshirilishi marosimiga bormagan.
Ma’lumot uchun, ushbu tadbir bugun, 29 noyabr kuni Parijda soat 00:30 da boshlanadi. Ronaldu France Football e’lon qilgan 30 talik ro‘yxatdan joy olgan edi.
Manba: www.tribuna.uz
[Изображение удалено]