Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Rangnik: «Kelgusi 6 oyda «MYu»ning jamoaviy potensialini oshirishga e’tibor qarataman»

29.11.2021, 21:50

Ralf Rangnik «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so‘ng, jamoaning hozirgi holati va rejalari haqida fikr bildirdi.

«Bu jamoaga kelganimdan juda xursandman. Mavsum so‘nggiga qadar shu yerda bo‘lishimdan mamnunman.

Jamoa tarkibi iste’dodlarga to‘la. Yosh va tajribali futbolchilar bilan yaxshi natijalar qayd etish mumkin. Kelgusi 6 oy davomida mening barcha sa’y-harakatlarim futbolchilarning ham individual jihatdan, ham jamoaviy jihatdan potensiallarini o‘stirishga qaratiladi. Bu men uchun eng muhim faktor hisoblanadi. Qolaversa, maslahatchi sifatida klubning uzoq muddatli maqsadlarini tuzishda ishtirok etishni intiqlik bilan kutaman», – deydi Rangnik.

Eslatib o‘tamiz, Rangnik «MYu»da mavsum yakuniga qadar bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat olib boradi. U qoniqarsiz natijalari sabab iste’foga chiqarilgan Ole-Gunnar Sulsherning o‘rniga tayinlandi. So‘nggi ikki o‘yinda «qizil iblislar»ga Maykl Kerrik murabbiylik qildi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
30.11

Kutamiz arsenal bilan uyinni
a

  admin [off]
29.11

Ёрдамичи мураббий булади Керрик.

  [off]
29.11

Kerak nima buldi

  [off]
29.11

Kegan bosa qan ko'ramz nmaalarga qodirlgn
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты