Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu France Football bosh muharririni yolg‘onchilikda aybladi

30.11.2021, 09:36

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Oltin to‘p» sovrini muassisi France Football gazetasi bosh muharriri Paskal Ferreni yolg‘onchilikda aybladi. Jurnalist oldinroq Ronalduning futboldagi asosiy maqsadi Messidan ko‘proq «Oltin to‘p» olish ekani, bu haqda unga futbolchining o‘zi aytganini iddao qilgandi.

«Paskal Ferrening aytishicha, mening futboldagi maqsadim Lionel Messidan ko‘proq «Oltin to‘p» olish ekan. U yolg‘on gapirgan. Shu tariqa o‘zi va gazetasini mashhur qilish haqida o‘ylagan. Shunday qimmatli sovrinni topshiradigan inson France Football va «Oltin to‘p»ning qadrini tushiradigan bunday yolg‘on ishlatishi to‘g‘ri emas. U bugun marosimga bormasligim sababini karantin bilan bog‘lab yana aldadi.

Sportda mahorati evaziga g‘alaba qozonadiganlarni doim tabriklab kelganman, chunki hech qachon kimgadir qarshi bo‘lmadim. Futboldagi asosiy maqsadim klubim va milliy jamoam uchun sovrinlar yutish, professional futbolchi bo‘lishni maqsad qilganlarga o‘rnak bo‘lish va futbol tarixiga o‘z nomimni oltin harflar bilan yozib qoldirishdir.

So‘zim oxirida aytmoqchimanki, hozir butun xayolim «MYu»ning keyingi o‘yiniga qaratilshan. Qolgani qiziq emas», – deb yozgan Ronaldu Instagram’dagi sahifasida.

Faoliyati davomida 5 marta «Oltin to‘p» bilan taqdirlangan Krishtianu Ronaldu bu sovrinni oxirgi marta 2017 yil qo‘lga kiritgan edi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
30.11

Шахсан менга от ни қадри қомаган ўша Инестага берилмаган йилдан кейин

  [off]
30.11

Челсида хужумчи йок эдида номинантлар орасида Жоржинё хам Паканадан кора лойикрок эди Ч Л ни ютди Евро даям финалга чикдими Италия билан йоки Чемпион болдими аник эсимда йок.Лекин хеч канакасига америка футболи хозирги кунда Европаникига тенг келаолмайди оша Аргентинада Месси эмас Агуеро йоки бошка исталган бири болганидаям ошанга беришмасди факат Месси деган номи учун олябди сонги олтин топларни аввалгиларидаям Фифа Президенти Ёсеф Блаттер Месси фанати болганини хамма билади хаммасида нохак демокчи эмасману лекин копчилик факат оша паканага йон босади Роналдо кучли 5 лик чемпионатларда озини корсата олган терма жамосидаям лекин Месси Барсадан бошка жойда хор болади мана корасизлар

  [off]
30.11

Lewandoviskiy olishi kerak edi

  Ruud Van Nistelrooy [off]
30.11

Amerika kubogini nimasi muxum Yevro bn ChL darajasidan ustunmi buyam karrupsiya bn bogliqga uxshaydi

  [off]
30.11

Oltin tupni qizigʻi qomagan

  [off]
30.11

Левандовски лойик эди бу йил харомилар пакана Мессига беришди яна
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты