Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Rangnik viza olishdagi muammolar sababli dekabr oyi o‘rtalarigacha «MYu»ni boshqara olmasligi mumkin

01.12.2021, 13:54

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyiga aylangan Ralf Rangnik viza olish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda, deb xabar beradi ESPN.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis dekabr oyi o‘rtalaridagina jamoa boshqaruviga kelishi mumkin.

Rangnik 2019 yildan beri murabbiylik qilmagani, Buyuk Britaniyada ishlashga avtomatik tarzda ruxsat ololmagani bois bu masala yuzasidan Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan tayinlangan mustaqil komissiyaga murojaat qilishi kerak bo‘ladi.

Murabbiy 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Norvich»ga qarshi o‘yingacha yetib kelishi kutilmoqda.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
01.12

bu kelamandiguncha mavsum tugiydi-ku keyingi yil chimpionshipda boshqaradimi jalab
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты