Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Rangnik Holandni «MYu»ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi

01.12.2021, 22:46

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ralf Rangnik Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Holandni yangi jamoasi safida ko‘rmoqchi.

Bild nashri jurnalisti Kristian Falkning yozishicha, nemis mutaxassisi norvegiyalik forvardni «MYu»ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi.

Rangnik 2019 yilda «Zalsburg»ga Holandni o‘z safiga qo‘shib olishga yordam bergan. Qolaversa, germaniyalik mutaxassis futbolchining otasi va rasmiy vakili sanalmish Alf-Inge Holand bilan yaqin aloqada.

Ma’lumot uchun, Erling Holand Bundesliga joriy mavsumida 7 o‘yinda 10 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Holand 2022 yilning yozida 75 million yevro tovon puli evaziga «Borussiya»ni tark etishi mumkin. Avvalroq, hujumchiga «Real», «Barsa», «Manchester Siti» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
M

  Maruf [off]
02.12

Факат бизни Фреддан куткар... илтимос?!
M

  Maruf [off]
02.12

Демак прессингда уйнамокчи
S

  Shahzod [off]
02.12

Xoland juda iqdiroli futbolchi

  [off]
01.12

ruudvannistelroy vanpersilaga oxshagan xujumchi zor boladi kesa

  [off]
01.12

Holand aynan myuga tushadigon oyinchi

  [off]
01.12

Xarakat qilib ko'rish kerak kesa yaxsh bo'lard

  [off]
01.12

Xarakat qilib ko'rish kerak kesa yaxsh bo'lard
S

  SHavkatjon [off]
01.12

Kelarkikin
Umumiy: 8

© 2023 Uzbek Reds
Контакты