Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

De Bryuyne, Fernandesh, Myuller – eng yaxshi hujumkor havbeklar. ESPN yilning eng yaxshi yarim himoyachilari o‘nligini tuzdi

02.12.2021, 09:43

ESPN o‘z talqiniga ko‘ra, ampluasi bo‘yicha yilning eng yaxshi o‘yinchilarini e’lon qilishda davom etmoqda.

Yirik media-xoldingning bu safargi so‘rovnomasida sobiq o‘yinchilar va jurnalistlardan iborat 77 nafar ekspert qatnashib, 300 nafar nomzod orasidan yilning eng yaxshilari aniqlandi.

Unga ko‘ra, eng yaxshi yarim himoyachi deb «Manchester Siti» va Belgiya milliy jamoasi a’zosi Kevin de Bryuyne topilgan. Uchlikdan «Manchester Yunayted»ning portugaliyalik futbolchisi Brunu Fernandesh hamda «Bavariya»ning germaniyalik yarim himoyachisi Tomas Myuller joy olgan. Top-10lik reyting quyidagicha ko‘rinish olgan:

1) Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», o‘tgan yil 1-o‘rin);
2) Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted», 3);
3) Tomas Myuller («Bavariya», 2);
4) Filip Foden («Manchester Siti»);
5) Pol Pogba («Manchester Yunayted», 8);
6) Meyson Maunt («Chelsi»);
7) Bernardu Silva («Manchester Siti», 7);
8) Lukas Paketa («Lion»);
9) Mikkel Damsgor («Sampdoriya»);
10) Tomash Souchek («Vest Hem»).

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
02.12

Yangi murabbiy qol ostida yanada yaxshiroq oynasin
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты