Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Grilish 2020 yilda «MYu»ga o‘tishga yaqin bo‘lganini aytdi

02.12.2021, 09:48

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Jek Grilish 2020 yilda «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin bo‘lganini tan oldi.

«2020 yilgi mavsum oldidan chindanam klubdan ketishga yaqin edim, ammo oxir-oqibat hech narsa ro‘y bermadi. Mavsum oldi «MYu»ga qarshi maydonga tushgandim va kubok doirasida «Berton»ga qarshi «Aston Villa» safida maydonga tushmasligim aytilgandi. Ammo «MYu»ga qarshi o‘yindan keyin «Aston Villa» klubi direktori Kristian Perslou va o‘z agentimga «Agar klubdan ketmayotgan bo‘lsam, yangi shartnoma tuzishga tayyorman», dedim.

Bir necha kundan keyin klub ofisiga borib yangi shartnoma imzoladim va o‘sha kuni kubok doirasida maydonga tushdim. Kelishuvda tovon pulini belgiladik va qaysidir jamoa shu mablag‘ni to‘lasa, boshqa jamoaga o‘tardim. Yakunda «Siti»ga o‘tdim va «Villa» 100 million funtga ega bo‘ldi», – deydi Grilish.

Eslatib o‘tamiz, yozda «Manchester Siti» angliyalik yarim himoyachi uchun Birmingem klubiga 100 million funt to‘lab, transferni amalga oshirgan edi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты