Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Kavani «Barselona»ga o‘tmoqchi

02.12.2021, 20:17

«Manchester Yunayted» hujumchisi Edinson Kavani yozda jamoasini tark etishni istamoqda.

Marca xabariga ko‘ra, urugvaylik forvard joriy mavsum yakuniga qadar Manchesterda to‘p surib, yozda erkin agent sifatida faoliyatni Ispaniyada davom ettirishni istamoqda. Kavani unga qiziqish bildirayotgan «Barselona» safiga o‘tmoqchi.

Qayd etilishicha, 34 yoshli hujumchi hali yana 2-3 yil yuqori saviyada o‘ynay olishiga ishonchi komil.

Ma’lumot uchun, Kavani APL joriy mavsumida 5 o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты