Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Rangnik viza oldi. U «Kristal Pelas»ga qarshi bahsdan boshlab «MYu» bosh murabbiyi sifatida ishlaydi

02.12.2021, 20:23

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ralf Rangnik nihoyat Angliyaga ishlash huquqini qo‘lga kiritdi.

63 yoshli nemis mutaxassisi ishchi vizasini olib, tez orada klubdagi lavozimiga rasman kirishadi. Rangnik 2019 yildan buyon bosh murabbiy sifatida ishlamayotgani sabab Buyuk Britaniyada ishlash huquqini avtomatik tarzda ololmagan. AFA komissiyasi xulosasidan so‘ng unga ishlash huquqi berildi.

Qayd etilishicha, Rangnik «Arsenal»ga qarshi o‘yinni tribunada kuzatadi. 5 dekabr kuni esa «Kristal Pelas» bilan bahsda «MYu» bosh murabbiyi sifatida murabbiylar o‘rindig‘idan joy oladi.

Ma’lumot uchun, «MYu» – «Arsenal» bahsi bugun, 2 dekabr kuni soat 01:15 da boshlanadi. Uchrashuvda Maykl Kerrik manchesterliklarni boshqaradi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты