Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Turin prokuraturasi Ronalduni so‘roq qiladi

02.12.2021, 20:31

Turin prokuraturasi «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishitianu Ronalduni Italiyadagi faoliyatiga bog‘liq masalalar bo‘yicha so‘roq qiladi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, portugaliyalik o‘yinchi «Yuventus» klubi rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirish bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar masalasida so‘roq qilinadi. Bungacha «Yuventus» prezidenti Andrea Anelli, vitse-prezident Pavel Nedved va sobiq sport direktori Fabio Paratichi tergovga chaqirilgani aytilgandi.

Avvalroq, Ronalduning koronavirus pandemiyasi davridagi lokdaun paytida ham Turin klubidan qo‘shimcha mablag‘lar olgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, Turin prokuraturasi tez orada futbolchini so‘roq qilib, bu borada batafsil ma’lumot olishni istamoqda.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты