Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Rangnik Holandni «MYu»ga o‘tishga ko‘ndirsa, 10 million yevro bonus oladi

02.12.2021, 20:39

«Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiyi Ralf Rangnik oldiga jamoani boshqarishdan tashqari, katta transferlarni amalga oshirish vazifasi ham qo‘yilgan.

Bild xabariga ko‘ra, nemis mutaxassisi Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Holandni «Manchester Yunayted»ga o‘tishga ko‘ndirsa, klub tomonidan unga 10 million yevro bonus sifatida to‘lanadi.

Qayd etish joiz, Rangnik faoliyati davomida 2019 yil Erling Holandning «Molde»dan «Red Bull Zalsburg»ga o‘tishini amalga oshirgan. U norvegiyalik futbolchining otasi bilan ham yaqin aloqada sanaladi.

Holandning «Borussiya» bilan kelishuviga ko‘ra, nemis klubi 2022 yilning yozida futbolchini 75 million yevro tovon puli evaziga qo‘yib yuborishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Holand Bundesliga joriy mavsumida 7 o‘yinda 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
M

  Maruf [off]
03.12

Таянчга одам керак, лекин...
M

  Maruf [off]
03.12

Лекин утсаям апл га мос бакувват, химоячилари суриб утиб кетади... булдузерку бу,...

  Market_Utd [off]
02.12

Таянчгаям узиникини тикиштирмасдан райсни олиш кере.
a

  admin [off]
02.12

МЮга марказий хужумчи керак. Холандни олиш кийин, узи хам Лалигада уйнамокчи. Ёзда Кейнга харакат килиш керак, агар Ситига утиб кетмаса.

  [off]
02.12

Zoʻr boʻlardi oʻtsa agar
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты