Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu: «G‘alabani nishonlashga vaqt yo‘q»

03.12.2021, 11:39

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu APL 14-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga (3:2) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Keyingi o‘yinga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘ramiz. G‘alabani nishonlashga vaqt yo‘q. Bugungi g‘alaba normal holatga qaytish uchun nihoyatda muhim, ammo maqsadimizga erishish uchun hali ko‘p yo‘l bor.

Barcha jamoadoshlarimni tabriklayman. Bugun ajoyib ruhiyat kuchini ko‘rsatdik. Muxlislarga alohida rahmat. Sizsiz bardosh bera olmasdik», – deb yozadi Ronaldu Instagram’dagi sahifasida.

36 yoshli portugal ushbu o‘yinda dublga erishib, faoliyatidagi gollarini 800 tadan oshirdi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
M

  Maruf [off]
03.12

Шу рухиятингни коганларгаям сингдир... болларни духини кутар #@хали купи тулик очилгани йук... ван де Бек ка купрок имконият бериш керак, #!

  [off]
03.12

Omad

  [off]
03.12

Ronaldo sog' salomat bo'l sancho'yam ochilyapti rangli kelsa yanayam ochiladi
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты