Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Bu borada oramizda gap ham bo‘lgani yo‘q». Fernandesh penaltini nega Ronalduga berganini tushuntirdi

03.12.2021, 16:20

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh APL 14-turi doirasidagi «Arsenal»ga qarshi o‘yinda (3:2) 11 metrlik nuqtadan zarba berish imkoniyatini Krishtianu Ronalduga qoldirgani haqida gapirdi.

«Ronaldu aql bovar qilmas o‘yinchi. Uning yildan-yilga ajoyib natijalar qayd etayotgani barchaga ma’lum. U har qanday holatda ham eng yaxshi o‘yinchi bo‘lib qolmoqda va o‘z ishini a’lo darajada bajarayapti. U o‘ziga qanday motivatsiya berishni biladi.

Penalti tepishni Krishtianuga nega topshirdim? Uning navbati kelgandi. Bu borada oramizda gap ham bo‘lgani yo‘q. Men so‘nggi penaltimdan foydalana olmagandim, shu bois unga ishondim. Ronalduga o‘zimga ishongandek ishonaman. O‘yin qaydnomasida gol kimning nomiga yozilishi muhim emas, muhimi g‘alaba», – deydi Fernandesh.

Ma’lumot uchun, Ronaldu «Arsenal» bilan bahsda dubl qayd etib, «MYu» safida APLdagi 6-golini kiritdi. Bu bahsdagi gollar Krishtianuning faoliyatidagi 800 va 801-gollariga aylandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
04.12

Fernandesh pressingni talab qilib charchab ketadi sheriklaridan bechora

  [off]
04.12

Fernandesh haqiqiy sardorlikka loyiq myuda xarakter jihatidan ham juda talabchan jonkuyar futbolchi

  Market_Utd [off]
03.12

Фернандеш аслида хакикий сардорликка лойик уйинчи,анаву танбални канде сайлаб куйган билмиман.

  [off]
03.12

Омад
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты