Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Har o‘yinda o‘rtacha 2 ta gol o‘tkazayapmiz – bu juda ham ko‘p». Rangnik «MYu»da ishni nimadan boshlashini aytdi

03.12.2021, 16:23

«Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiyi Ralf Rangnik dastlabki matbuot anjumanida klubda faoliyat boshlashi va jamoada ishni nimadan boshlamoqchi ekanini aytdi.

«Manchester Yunayted»dek klub senga bunday lavozimni taklif etganidan keyin buni rad eta olmaysan. Shu bois bu masalada ortiqcha o‘ylab o‘tirganim yo‘q.

Albatta, bungacha «MYu»ning «Uotford» va «Chelsi», qolaversa «Siti» hamda «Liverpul» bilan o‘yinlarini ham tomosha qilgandim. O‘shanda «MYu»dan taklif tushishi xayolimga ham kelmagan. APLda nimalar ro‘y berayotgani haqida yaxshi ma’lumotga ega edim. Chunki bu turnirni muntazam kuzatib boraman.

Shubhasiz, «MYu» futbolchilari juda iqtidorli va yuqori saviyadagi o‘yinchilar. Eng avvalo jamoaga barqarorlikni singdirishim kerak bo‘ladi. Hattoki, kecha «Arsenal»ga qarshi bahsda ham g‘alaba qozonish uchun 3 ta gol kiritishimizga to‘g‘ri keldi. Har o‘yinda o‘rtacha 2 ta gol o‘tkazib yuborayapmiz – bu juda ko‘p. Darvoza daxlsizligini saqlash ham muhim jihat.

«Arsenal»ga qarshi bahs muxlislar uchun tomoshabop o‘yindir, ammo murabbiy bunday o‘yinlar har kuni bo‘lishini istamaydi. Men uchun o‘yinni nazorat qilishimiz va tasodifiy omillarni kamaytirish juda muhim», – deydi Rangnik.

Ma’lumot uchun, «MYu» APL 14-turidan keyin 21 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Rangnik boshqaruvida jamoa 5 dekabr kuni o‘z maydonida «Kristal Pelas»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
04.12

Lingard van de bek, telles kabi o‘yinchilarni ham omadi kelsa ajabmas yangi murabbiy davrida
M

  Maruf [off]
04.12

Бразилия хам ЖЧ ютмокчи экан...
M

  Maruf [off]
04.12

Фред билан гол утказмасликни иложи йук...

  [off]
04.12

Qatiq qo'ligblan boshqarsa bo'ldi

  [off]
03.12

Xa aqlliy mutaxassis ekan faqat shu gaplarini ham amalda natijalar bn isbotlasa yaxshi bolardi

  [off]
03.12

Бунга таййор таркиб колди лекин супер таркиб десаям болаверади.Бир икиита Погбага ва Марсиялларга охшаган паразитларни Фредга охшаган адашиб келиб колганларни йокотса болгани.Ван Биссакагаям захира ориндигини корсатиб турса Ван де Бекни ойната олса бошка камчилик колмаса керак хужумку супер пас йетказиб туришса гол ураман деганлар коп

  [off]
03.12

Сулшер 3 йил асосий таркибни йиголмади ку́рамиз бу Нима киларкин.

  Market_Utd [off]
03.12

Аста аста узинга мослаб оласанда энди,унгача яна сабр килиб турамиз,барибир вакт кере урнига тушиши учунам.
S

  SHavkatjon [off]
03.12

Olg'a gazni bos!

  [off]
03.12

Газуууй братан)
Umumiy: 10

© 2023 Uzbek Reds
Контакты