Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«10 mln Mbappe uchun, 10 mln Levandovski uchun». Rangnik Holandni «MYu»ga o‘tishga ko‘ndirsa, bonus olishi haqidagi gaplarga keskin javob qaytardi

04.12.2021, 10:03

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ralf Rangnik «Borussiya» forvardi Erling Holandni jamoaga taklif etsa, bonus olishi haqidagi savollarga javob qaytardi.

«Ha, Holandni ko‘ndirish uchun 10 million yevro, Mbappe uchun 10 million, Levandovski uchun 10 million, Kimmix uchun ham 10 million! Albatta, bu safsatadan boshqa narsamas. «Manchester Yunayted» bilan shartnomamda bunday band yo‘q», – deya jahl aralash javob bergan germaniyalik murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Rangnik mavsum yakuniga qadar «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi. Kelishuv muddati yakuniga yetgach, nemis murabbiyi klubda maslahatchi sifatida ishlashi haqida xabar berilgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
04.12

Мбаппе лева холан

  [off]
04.12

Ха учаласидан биринчи кӯндирса яхши бўладри

  [off]
04.12

Journalistlaram kutmi

  [off]
04.12

Yolg'on xabar bo'sayam oma xo'lnd osa yaxsh

  [off]
04.12

Ha safsata piardan boshqa narsa emas
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты