Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Gari Nevill Ronaldu va Maguayrni tanqid qildi

29.12.2021, 11:23

«Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi Gari Nevill «Nyukasl»ga qarshi o‘yindan (1:1) keyin Krishtianu Ronalduni tanqid qildi.

Nevill portugaliyalik hujumchining bu safar ham o‘yindan keyin muxlislar oldiga bormay, darhol kiyinish xonasiga yo‘l olganini qoraladi.

«Krishtianuning bunday munosabati ikki oydan buyon jahlimni chiqaradi. Yoshi katta futbolchilarning yosh o‘yinchilarga mana shunday namuna bo‘lishi juda yomon. Ular jamoada o‘zlarini otadek his qilishlari va mas’uliyatni o‘z gardanlariga olishlari kerak.

O‘yindan keyin darhol qochmaslik kerak. Brunu ham faqat noliydi. Himoya markazidagi Varan va Maguayr ham juda yomon harakat qilishdi. Harri mavsumni o‘ta yomon o‘tkazmoqda. Sheriklari yordamga muhtoj bo‘lgan pallada u kerakli joyda bo‘la olmayapti.

Ronaldu – men ko‘rgan eng yaxshi o‘yinchi, ammo uning o‘yindan keyin muxlislarga minnatdorchilik bildirmay, har safar ichkariga kirib ketishi to‘g‘ri ish emas», – deydi Nevill.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar
a

  admin [off]
29.12

Nodir, Телеграмда @UzbekRedsTeam га ёзинг, ёрдам берамиз.

  [off]
29.12

Maguvaer ozi kop hato qilyabdi

  [off]
29.12

Maguvaer ozi kop hato qilyabdi

  [off]
29.12

Togrida osmondamas yerda yurish kk
S

  SHavkatjon [off]
29.12

янгилаб куринг

  Nodir [off]
29.12

Ҳаммага салом, дўстлар ким билади негадир прямой браузердан сайтга киромаяпман через гугл киряпман нега бундай бўляпти билганлар айтворинлар илтимос
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты