Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

La Liga klubi Xuan Matani taklif etmoqchi

29.12.2021, 22:56

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

The Sun xabariga ko‘ra, 33 yoshli ispaniyalik futbolchiga «Real Sosedad» qiziqish bildirmoqda. San-Sebastyan klubi «MYu» futbolchisini erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi.

Avvalroq, Xuan Mataga «Barsa» qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Ispaniyalik futbolchi faoliyati davomida «Real» va «Valensiya» sharafini himoya qilib, 2011 yil 45 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan, 2014 yildan esa «MYu» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты