Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Agbonlahor: «Ronaldu Reshford, Grinvud va Sanchoning o‘yiniga salbiy ta’sir qilmoqda. Yoshlar «Krishtianuga pas berishim shart» deb o‘ylashmoqda»

31.12.2021, 15:19

«Aston Villa»ning sobiq hujumchisi Gabriel Agbonlahorning fikricha, «Manchester Yunayted» forvardi Krishtianu Ronalduning maydonda bo‘lishi jamoaning boshqa hujumkor o‘yinchilariga salbiy ta’sir qiladi.

«Ularning ishga bo‘lgan munosabati g‘alati. Agar men Reshford, Grinvud va Sancho o‘rnida bo‘lganimda, darvozaga zarba berishdan qo‘rqardim. Har safar ularda qulay imkoniyat bo‘lganida, Krishtianu «Nega menga pas bermading?» deb qo‘llarini havoga ko‘taradi.

Ularning kiyinish xonasidagi muhit noto‘g‘ri. Ronaldu kelganidan beri Grinvud va Reshford yaxshi formada emas. Ular o‘zlarini ko‘rsata olishmayapti, «Ronalduga to‘p uzatishim shart, u uchun vaziyat yaratishim kerak» deb o‘ylashayotgandek.

Krishtianu kelgunicha Grinvud dribling qilardi va darvozaga zarba berardi, hozir avvalgidek emas.

Ronaldu – ajoyib faoliyatga ega futbolchi, lekin avvalgidek emas. «Yunayted» mavsumdagi eng yaxshi o‘yinini «Chelsi»ga qarshi o‘tkazdi, o‘shanda u zaxirada edi. Reshford, Grinvud va Sancho hujum triosi sifatida o‘ynashsa, pozitsiyalarini o‘zgartira olishadi va himoyalanishda ham qatnashishadi», – deydi Agbonlahor.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
31.12

Grinvud mavsum bowidagi õyinlada yahwi öynadi. Kriw halta kelgandan keyin sõnib qoldi
S

  SHavkatjon [off]
31.12

Haqiqat

  [off]
31.12

Гринвуд бу йил йӯқолиб қолди
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты