Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Krishtianu Ronaldu: «Men «MYu»ning natijalaridan qoniqish hosil qilmayapman»

01.01.2021, 13:56

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubining APLdagi holati haqidagi fikrlarini «Instagram»da yozib qoldirdi.

– «Men «MYu»ning natijalaridan qoniqish hosil qilmayapman. Ishonib ayta olamanki, butun jamoamiz bu holatdan norozi. Bilamizki, ko‘proq yurakdan mehnat qilishimiz, yaxshiroq o‘ynashimiz va o‘zimizni ijobiy jihatdan ko‘rsata olishimiz kerak.

2022 yil mavsumdagi natijalarimizdagi burilish nuqta bo‘la olishiga umid bog‘layman. Keling, yangi yilni boshqacha kayfiyatda, g‘oliblik ruhida o‘tkazamiz. Keling, qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilgan holda, ushbu klubni o‘zi munosib bo‘lgan pog‘onalarga qaytaramiz», – deb yozib qoldirdi portugaliyalik hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, 18 uchrashuvda 31 ochko to‘plagan «qizil iblislar» ayni paytda APL jadvalining 6-pog‘onasida bormoqdalar.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты