Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ferdinand: «Maguayrga sardorlik bog‘ichi juda erta berilgan»

01.01.2021, 15:57

«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Rio Ferdinand himoyachi Harri Maguayrga sardorlik bog‘ichi erta taqdim etilgani haqida gapirib o‘tdi.

«Fakt shuki, unga rag‘bat sifatida sardorlikni berishgan. Lekin baribir unga bog‘ich ancha erta berilgan, deb hisoblayman.

«Manchester Yunayted»ga kelish, «Old Trafford»da maydonga tushish oson ish emas. Bu bosimlar oldiga juda erta berilgan sardorlik ham qo‘shilib, Harrini esankiratib qo‘yishi tabiiy.

Sardorlik – ulkan mas’uliyat, demakdir. «MYu» sardorligida o‘ziga xos an’analar bor va bu sening yelkangga juda katta mas’uliyatni yuklaydi. Bu yukni ko‘tarish uchun «Old Trafford»da birmuncha o‘ynab ulgurgan bo‘lishing kerak. Maguayr, avvalo, jamoani his qilib olishi kerak edi», – deydi Ferdinand.

Eslatib o‘tamiz, «qizil iblislar» afsonasi hisoblanadigan Ferdinand Manchesterdagi 12 yillik faoliyati davomida jamoaning rasmiy sardori bo‘lmagan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты