Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Tuanzebening mavsum so‘ngiga qadar ijarasi uchun «Napoli»dan 1 million yevro xohlamoqda

01.01.2021, 17:52

«Napoli» «Manchester Yunayted» bilan himoyachi Aksel Tuanzebening mavsum so‘ngiga qadar ehtimoliy ijarasi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, Angliya klubi 1 million yevro so‘radi. «Napoli» 400 ming to‘lashga tayyor. Muzokaralar davom etmoqda.

24 yoshli mudofaa o‘yinchisi «Aston Villa»da o‘ynamoqda. Birmingem klubi himoyachini avgustda «MYu»dan ijaraga olgandi.

O‘yinchining o‘zi «Napoli»ga o‘tishga rozilik bildirdi. Endi u ham «Manchester Yunayted», ham «Aston Villa»ning qarorini kutmoqda.

Tuanzebe joriy mavsum APL doirasidagi 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты