Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Rangnik Kavani haqida: «Edinsonni yanvarda «MYu»dan ketishiga yo‘l qo‘ymayman. So‘nggi haftalarda eng ko‘p u bilan gaplashdim»

03.01.2022, 10:16

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ralf Rangnik qishki transfer oynasida Edinson Kavanini boshqa jamoaga qo‘yib yubormoqchi emasligini ma’lum qildi.

«Biz Edi bilan bir necha marotaba gaplashib oldik va men yanvarda uni qo‘yib yubormasligimni biladi. Hech qanday shak-shubhasiz u biz uchun muhim o‘yinchi. Bu borada qarorim o‘zgarmaydi – Edi jamoada qolishi kerak.

So‘nggi haftalarda men eng ko‘p gaplashgan o‘yinchi aynan Edinson bo‘ldi. Klubga kelganimdan buyon u men uchun juda muhim futbolchi ekanligini aytib kelaman. Uning professionalligi va ishga bo‘lgan munosabati – shunchaki ajoyib. Uni qay daraja hurmat qilishim va baholashimni yaxshi biladi. Uni jamoada qolishini istayman», – deydi Rangnik.

Kavani «MYu» – «Byornli» (3:1) uchrashuvidan keyin «Old Trafford»dagi muxlislar bilan xayrlashgan edi. Avvalroq, unga «Barselona» qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, «MYu» APL navbatdagi turi doirasida 3 yanvar kuni «Vulverhempton»ni qabul qiladi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты