Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» futbolchisi «Milan»ga o‘tishga rozilik berdi

12.01.2022, 13:18

«Manchester Yunayted» himoyachisi Erik Bayi qishki transfer oynasida Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Insayder va jurnalist Janluka Di Marsioning xabar berishicha, «Milan» klubi 27 yoshli futbolchining vakillari bilan muzokara o‘tkazgan va Bayi milanliklar safiga o‘tishga rozilik bergan. «Milan» Kot-d’Ivuar milliy jamoasi a’zosini yarim yillik ijaraga olmoqchi.

Ma’lumot uchun, Bayi joriy mavsum «Manchester Yunayted» safida 7 o‘yinda maydonga tushgan. Erikning amaldagi kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
12.01

Faqat qovun tushiradi

  [off]
12.01

Faqat qovun tushiradi

  [off]
12.01

Tezroq sotish kerak

  [off]
12.01

Mayl omadin bersb
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты