Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Pochettino «Manchester Yunayted» bilan hali ham bog‘lanib turibdi

12.01.2022, 16:33

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Manchester Yunayted»da ishlash xohishini saqlab turibdi.

La Parisien nashrining ma’lum qilishicha, argentinalik mutaxassis haligacha «Manchester Yunayted» vakillari bilan aloqaga chiqib turadi va ushbu klubni boshqarish uchun asosiy nomzodlardan biri sanaladi.

Avvalroq, «qizil iblislar»ni boshqarishga «Ayaks» bosh murabbiyi Erik Ten Hag asosiy nomzod bo‘lib turgani aytilgandi.

O‘z navbatida, PSJ rahbariyati kuni kecha Pochettino bilan uchrashuv o‘tkazib, jamoa natijalaridagi beqarorlik masalalariga to‘xtalib o‘tgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
12.01

Кел почетино

  [off]
12.01

Кел почетино
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты