Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu: «Rangnik «Manchester Yunayted»da ko‘p narsani o‘zgartirdi»

13.01.2022, 17:51

«Manchester Yunayted» forvardi Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Ralf Rangnik ishi haqida fikr bildirdi.

«U besh hafta avval keldi va ko‘p narsani o‘zgartirdi. Biroq fikrlarini o‘yinchilarga yetkazish uchun unga vaqt zarur.

Bu tabiiy jarayon. Biroq, men u ishini uddalay olishiga ishonaman. Biz u qadar yorqin futbol namoyish qila olmayotganimizni bilamiz, lekin vaziyatni o‘nglash uchun vaqt bor.

O‘ylashimcha, uning kelishi tufayli biz ba’zi jihatlarda o‘sishga erishdik. O‘yinchilarning mentalitetini o‘zgartirish u qadar oson ish emas. Ularning fikrlashi, harakatlari, madaniyati va butun tizimni. U muvaffaqiyatga erishishiga ishonaman», – deydi Ronaldu.

«MYu» 19 uchrashuvdan keyin 31 ochko jamg‘arib, 7-pog‘onani band etgan.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
13.01

Курдик куп нарсани узгартириб ташлади!
Жуда кучайиб кетдиларинг, ракибларни оёклари калтираб ковотти санларни куриб!!!
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты