Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu: «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmoqchiman»

13.01.2022, 18:27

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jismoniy holati haqida gapirib o‘tdi.

«Menda hammasi joyida. Ha, menda kichik jarohat bor, lekin bu faoliyatimning bir qismi. Ba’zida biz og‘riqlar bilan ham kurashishimizga to‘g‘ri keladi. Lekin e’tibor qaratishga arziydigan hech narsa yo‘q, o‘ylaymanki, tez orada barchasi yaxshi bo‘ladi.

«Aston Villa»ga qarshi o‘yin? Umid qilamanki, maydonga tushaman. Bugungi tekshiruvlar barchasini ko‘rsatadi. Odatiy tartibda shug‘ullanishga qaytishga harakat qilyapman. Ko‘ramiz, bunga organizmim yo‘l qo‘yadimi? Lekin men o‘zimga ishonaman.

Men o‘z tanamni 100 foiz bilaman. Men ancha ulg‘aydim, lekin tajriba endi tanamdan futbolda qanday aql bilan foydalanish mumkinligini ko‘rsatib berib turadi. Demak, hammasi joyida. Men endi boshqa odamman, boshqa futbolchiman, maqsadlarim esa o‘zgarmagan. Jamoaga qo‘limdan kelgancha yordam berishni xohlayman», – deydi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, manchesterliklarning «Aston Villa»ga qarshi bahsi 15 yanvar, Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
13.01

Иложи булса захирадан тушгин!
Ёшларга имкон бер, Астон вилани уйини кучли прессинг, МЮ чарчатиб куйди Кубокда
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты