Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu: «Men «Manchester Yunayted»da yettinchi o‘rin uchun kurashmoqchi emasman»

13.01.2022, 23:32

Krishtianu Ronaldu «qizil iblislar»ning bugungi holati va uni yengib o‘tish zarurligi borasida gapirdi.

– «Jamoa vaziyatni o‘nglay oladi. Buni qanday qilishni mendan so‘ramang, chunki men murabbiy yoki prezident emas, futbolchiman. Buning yo‘lini bilaman, biroq uni bu yerda aytmayman, chunki bu men tomonimdan noto‘g‘ri harakat bo‘ladi.

Men «Manchester Yunayted»da o‘ynashni va yettinchi, oltinchi yoki beshinchi o‘rin uchun kurashishni istamayman. Men bu yerga sovrinlar uchun kurashish va zafar quchish uchun kelganman. Qiyin vaziyatdan chiqib ketish uchun futbolchilar o‘zlarini o‘zgartirishi kerak va tinmay mehnat qilishi talab qilinadi. Ammo jamoa uzoq yo‘lni bosib o‘tishi zarur.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты