Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu: «Hozirgi yoshlar tanqidni qabul qila olishmaydi»

13.01.2022, 23:42

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshlariga bergan maslahatlari haqida gapirdi.

– «Yetuk futbolchilar, yoshi kattaroq futbolchilar har doim yosh futbolchilarga yordam bera oladi. To‘g‘ri, buning o‘ng‘aysiz jihatlari ham bor. Masalan, Men maslahat beraman, lekin siz amalda qo‘llamasangiz, bir pul.

Siz kun bo‘yi kim bilandir gaplashishingiz mumkin. Agar unda jo‘yali fikr bo‘lmasa, biror o‘zgarish bo‘lishi qiyin. Yodimda, 18, 19, 20 yoshimda men bilan yoshi kattaroq futbolchilar suhbatlashishardi.

Men o‘zimga shunday derdim: «Krishtianu, o‘z ustingda ishlashing kerakligini bilasan. Ular sendan ko‘ra ko‘proq narsani biladi, sendan ko‘ra tajribaliroq». Ular ko‘p narsalarni boshdan kechirgan.

Biroq hozirgi yoshlar tanqidni qabul qila olishmaydi. Buni futbolchilarimizga nisbatan emas, umuman olganda, barchaga nisbatan aytyapman. Chunki mening ham bolalarim bor, nima haqida gapirayotganimni yaxshi bilaman. Bazida biroz qattiqroq munosabatda bo‘lsangiz, ular buning aksini qiladilar. Suhbat davomida muvozanatni to‘g‘ri ushlashingiz kerak.

Mening fikrimcha, asosiysi, hamma narsa chin yurakdan gapirilishi lozim. Siz o‘zingiz bilan faxrlanishingiz kerak, oynaga qarang va ayting: «Quloq sol, men borimni berdim». Buni hammamiz bajarishimiz shart deb o‘ylayman.

Yangi yilda yangi sahifani varaqlayapmiz. Bizda g‘alaba qozonish uchun ko‘p narsa bor. Bunga ishonishimiz kerak, aksincha bo‘lsa, dahshatli tushga aylanadi.

Shaxsiyat – bu asosiy narsa. Biz yordam berish uchun shu yerdamiz. Agar kimdir mening yordamim, qo‘llab-quvvatlashim, maslahatimga muhtoj bo‘lsa, men eng birinchi bo‘lib yordam qo‘lini cho‘zaman. Ammo yordamim kerak bo‘lmasa, o‘z ishing bilan shug‘ullan, o‘zligingni angla va jamoaga qo‘ldan kelgancha yordam ber deyman», – dedi Ronaldu.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
M

  Maruf [off]
14.01

У колиши керак ва жамоага голиблик рухини бериши керак олдингидек, хаммаси тунарли... бизга яхши катиккул мураббий билан бирга худди шундай сардор керак Вулвес билан уйин буни курсатиб куйди.

  [off]
14.01

Демак жамода оз бощимчалар озича акллилар коп ички мухит яхщи эмас

  [off]
14.01

Bos gazini ogʻil bola
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты