Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu Lebron Jeymsga taqqoslashlari haqida: «Hech bir sport turida futboldagidek yuklamalar yo‘q»

14.01.2022, 11:48

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu sportdagi uzoq yillik faoliyati haqida gapirar ekan, uni 44 yoshli Tom Bredi («Tampa», amerikacha futbol) va Lebron Jeymsga («Leykers», basketbol) taqqoslashlariga munosabat bildirdi.

«Menimcha, sport turlari o‘rtasidagi farqni qayd etish muhim. Ko‘p yillardan buyon o‘ynab kelayotgan ajoyib sportchilarni tilga oldingiz.

Lekin, menimcha, hech bir sport turida futboldagidek yuklamalar yo‘q. Masalan, NBAda uzoq vaqt dam olish imkoni bor. Ammo bu mavzu haqida ko‘p gapirishni xohlamayman.

Genetik jihatdan o‘zimni 30 yosh kabi his qilyapman. 33 yoshdan keyin ham tana har qanday muammoni hal qila olishini tushunganman. Asosiy kurash ong bilan bog‘liq. 

Hayotda yaxshi va yomon daqiqalar bo‘ladi. Yiqilishdan keyin ko‘tarilish uchun kuchga ega bo‘lishingiz kerak. Baxtliman. Futbolda qolishni istayman», – deydi Ronaldu.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты