Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Nevill APLda o‘yinlarni qoldirishni so‘ragan «Arsenal», «MYu» va boshqa klublarni tanqid qildi

15.01.2022, 13:15

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevill «Arsenal»ning kovid va jarohatlar tufayli «Tottenhem» bilan o‘yinni qoldirishni so‘raganiga munosabat bildirdi.

«Nafaqat Premer Liga, balki boshqa divizionlardagi barcha jamoalar o‘z o‘yinlarini o‘tkazishlari kerak. Balogun va Meytlend-Naylz ijaraga ketishdi, Jaka qizil kartochka oldi – bu yerda hech kimning aybi yo‘q. Biz o‘yinlarni bekor qilmasligimiz kerak.

So‘nggi bir necha haftada g‘alaba qozonish uchun maqbul tarkibga ega yoki yo‘qligini o‘ylab, bellashuvlarni boshqa sanalarga ko‘chirishni istagan jamoalar haqida gaplashdik. Buni to‘xtatish kerak.

«MYu» va boshqa jamoalarda 30-40 o‘yinchi bor. O‘yinga 13-16 futbolchi topa olmasliklariga ishonmayman. «Arsenal»ning iltimosini rad etish kerak, deb o‘ylayman. Jamoalar o‘ynashi kerak», – deydi Nevill.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты