Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu: «Portugaliya jahon chempionatiga chiqolmasa, juda qayg‘uli bo‘ladi. Ammo Qatarga borishimizga ishonaman»

15.01.2022, 13:17

Portugaliya milliy jamoasi va «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Qatarda bo‘ladigan JCh-2022ga chiqish uchun o‘tadigan pley-off bahslari haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya mundialga chiqish uchun dastlab o‘z maydonida Turkiyani, so‘ng safarda Italiya—Shimoliy Makedoniya juftligi g‘olibini mag‘lub etishi kerak.

«Agar jahon chempionatiga chiqa olmasak, juda qayg‘uli bo‘ladi. Lekin Qatarga borishimizga ishonaman. Futbolda ham, hayotda ham og‘ir damlar bo‘ladi. Ammo yiqilsang, turishing kerak.

Portugaliyaning jahon chempionatida ishtirok etishiga ishonaman. Oldinda bizni bir yoki ikki og‘ir jang kutib turganini bilamiz.

Mart oyida tayyor bo‘lamiz. Jang bo‘ladi. Hayot shundayki, mukammal ssenariy yo‘q. Jarayonlarni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilishimiz kerak», – deydi Ronaldu.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты