Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Marsyal Rangnikning so‘zlariga javob qaytardi

16.01.2022, 19:52

«Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal klub bosh murabbiyi Ralf Rangnikning so‘zlariga javob qaytardi. Germaniyalik murabbiy Marsyal 22-tur doirasida «Aston Villa»ga qarshi bellashuv uchun tarkibga kiritilishni istamaganini aytib o‘tgandi.

– «Men «Manchester Yunayted» uchun o‘ynashdan hech qachon bosh tortmayman. Bu yerda o‘ynayotganimga 7 yil bo‘lmoqda. Hech qachon muxlislar va murabbiyga nisbatan bunday hurmatsizlik qilmaganman», – deb aytib o‘tdi fransiyalik forvard.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi joriy mavsum «qizil iblislar» safida barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
16.01

Rangnik hamma yoqni rasvo qiladi bu ketishda9
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты