Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu: «Ronaldo va Ronaldinodan ko‘proq sovrinlar yutganman, ammo ular jahon chempioni bo‘lishgan. Ikkala futbolchi ham kumirlarim»

16.01.2022, 20:02

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu braziliyalik futbolchilar – Ronaldo va Ronaldino bilan taqqoslashlari haqida gapirdi.

– «Kim kuchli? Bu eng yaxshi o‘yinchini qanday tanlashga bog‘liq. Lekin men taqqoslashni yoqtirmayman.

Uchalamiz ham tarixda iz qoldirdik. Ulardan ko‘proq shaxsiy sovrinlar qo‘lga kiritdim, ammo Ronaldo va Ronaldino jahon chempioni bo‘lishgan.

Ularga xayrixohlik bilan qarayman. Yoshligimda ularning o‘yinlarini tomosha qilganman. Kim yaxshiroq ekanligi muhim emas. Ularning ikkalasini ham kumirim deb bilaman. Ular futbolda ajoyib tarix yozishdi», – deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты