Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Maguayr «MYu»ga kelishidan oldin «Siti»ning ancha manfaatli taklifini rad etgan

16.08.2019, 13:54

Garri Maguayr «MYu»ga o‘tishidan oldin «Manchester Siti»ning haftasiga 278 ming funt maoshni ko‘zda tutuvchi taklifini rad etgan.

Daily Star`ning yozishicha, Maguayrning vakillari «shaharliklar» rasmiylari bilan bir necha marta uchrashuv o‘tkazgan, muhokamalarda Vensan Kompaniga o‘rinbosar qidirayotgan «Siti»dagilar Garriga jami 70 million funt maoshni ko‘zda tutuvchi 5 yillik shartnoma taklif qilishgan.

Shu tariqa, Maguayr nafaqat futbol tarixidagi eng qimmat himoyachi, balki jahonda eng ko‘p maosh oluvchi himoyachiga ham aylanishi mumkin edi. Ammo bu vaqtga kelib u Manchesterning boshqa klubiga o‘tish qaroriga kelib ulgurgan bo‘lgan.

The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli himoyachining «Yunayted»dagi maoshi haftasiga 190 ming funtni tashkil etadi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
18.08

"""erkak erkak""

  [off]
16.08

Браво маладес лавзи бор еркак екан

  [off]
16.08

Mana shunde oyinchildi kopaytirich kere puldan lavzi muhum malades mujik

  [off]
16.08

Gapyo Erkak

  [off]
16.08

Malades Garry
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты