Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» futbolchilariga klub bazasiga kirish oldidan muxlislarga dastxat ulashish taqiqlandi

16.08.2019, 14:00

«Manchester Yunayted» jamoa a’zolariga klubning mashg‘ulot bazasiga kirishda dastxat berish uchun to‘xtab o‘tishni taqiqladi.

The Telegraph xabariga ko‘ra, klubning Karringtondagi bazasiga avtomobillar kirish joyiga katta belgi o‘rnatilgan, unda bundan buyon bazaga kirayotgan futbolchilar mashinasini to‘xtatib, dastxat berishi man etilgani yozilgan. Bu qaror xavfsizlik maqsadlari bilan tushuntirilgan.

Nashrning yozishicha, bazaga Sinderlend Leyn va Berch Roud ko‘chalari kesishmasi tarafdan kirish joyiga odatda 50 nafarga yaqin muxlislar yig‘ilib turar, futbolchi va murabbiylar ularga dastxat berib, birgalikda selfiga tushishar edi. Ammo «Yunayted» rasmiylari bu jarayon klub vakillari uchun xavfsiz emas, deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga, bu joyda muxlislarning to‘planishi shu hududdagi ferma va mahalliy aholi vakillariga muammolar tug‘dirib kelgan.

Ta’kidlanishicha, muxlislar Karringtondagi bazaga Ishervud Roud ko‘chasi tomondan kirish joyida futbolchilardan dastxat olishda davom etishlari mumkin.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты