«Manchester Yunayted» Pogba klubni tark etishini e’lon qildi
01.06.2022, 16:30
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba jamoani tark etishi aniq bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti fransiyalik 29 yoshli havbek jamoani tark etishini rasman e’lon qildi. Pogba bilan amaldagi kelishuv iyun oyi yakunida tugaydi va tomonlar kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilgan. Pol jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
Pol Pogba 2016 yilda «Yuventus»dan 105 million yevro evaziga «MYu» safiga qo‘shilgan edi. O‘tgan davr davomida u jamoasi bilan 2017 yilda Yevropa Ligasi va Angliya Liga Kubogida zafar quchdi.
Avvalroq, Pogba faoliyatini PSJ, «Yuventus» yoki «Real»da davom ettirishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.