Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

Matich Rimga yetib keldi. U «Roma» bilan shartnoma imzolaydi

13.06.2022, 22:50

«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Nemanya Matich yangi mavsumni Italiyada o‘tkazadigan bo‘ldi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, serbiyalik yarim himoyachi bugun, 13 iyun kuni Rimga yetib kelgan. 33 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, «Roma» klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Matich sobiq murabbiyi Joze Mourinoning taklifi bilan rimliklar safiga qo‘shiladigan bo‘ldi.

Qayd etilishicha, serbiyalik o‘yinchi va Rim klubi o‘rtasida «1+1» ko‘rinishidagi shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, Matich o‘tgan 5 yilni «MYu»da o‘tkazib, jamoani erkin agent sifatida tark etdi. U Manchester klubida 189 o‘yinda 4 ta gol va 11 ta assistga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

  Umidjon [off]
14.06

Omad keyingi faoliyatiga
Umumiy: 1

© 2022 Uzbek Reds
Контакты