«Barselona» «MYu»ning Frenki uchun 70 mln yevrolik taklifini rad etdi
14.06.2022, 16:42
«Manchester Yunayted» «Barselona» futbolchisi Frenki de Yong transferi masalasida ishlashda davom etmoqda.
Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, manchesterliklar Niderlandiya milliy jamoasi a’zosi uchun «Barsa»ga 60 mln yevro naqd pul va 10 mln yevro bonus taqdim etishni taklif qilgan, ammo rad javobini olgan.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 25 yoshli futbolchi transferidan umumiy hisobda 85 mln yevro ishlab olishni mo‘ljallayapti.
Ma’lumot uchun, Frenki yakuniga yetgan mavsumda barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 5 ta assist muallifiga aylandi.
Manba: www.tribuna.uz