Rasman: Nemanya Matich – «Roma» a’zosi
14.06.2022, 19:21
«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Nemanya Matich faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Rimning «Roma» klubi rasmiy sayti serbiyalik 33 yoshli yarim himoyachi bilan 2023 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Nemanya Rim klubi safiga erkin agent sifatida qo‘shilgan. U yangi jamoasida 21-raqam ostida to‘p suradi.
Serbiyalik yarim himoyachi mavsum yakunida «Manchester Yunayted» bilan xayrlashgach, unga sobiq murabbiyi Joze Mourino qiziqish bildirib, Matichni o‘z jamoasiga taklif etdi.
Ma’lumot uchun, Nemanya yakunlangan mavsum «MYu» safida jami 32 o‘yinda maydonga tushib, 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Qayd etish joiz, Matich bungacha «Chelsi» va «MYu»da ham Mourino qo‘l ostida to‘p surgan.
Manba: www.tribuna.uz