«MYu» Eriksenga taklif bilan chiqdi
14.06.2022, 23:38
Kristian Eriksen faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin.
The Athletic xabariga ko‘ra, Manchester klubi rahbariyati daniyalik yarim himoyachiga taklif bilan chiqqan. 30 yoshli Eriksen 30 iyun kuni «Brentford»ni rasman tark etadi.
Ma’lumot uchun, Kristian yanvar oyida «Brentford» safiga o‘tib, 11 o‘yinda maydonga tushgandi. Klub kelishuvni uzaytirishni istagan bo‘lsa-da, daniyalik o‘yinchi jamoani tark etishga qaror qilgan.
Manba: www.tribuna.uz