Frenki de Yong «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin
15.06.2022, 13:34
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong tez orada «Manchester Yunayted» o‘yinchisiga aylanishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, 25 yoshli niderlandiyalik Angliya klubi bilan 2027 yilga qadar shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Tomonlar «Barselona» bilan transfer narxini kelishishi qoldi, kataloniyaliklar havbek uchun kamida 80 mln yevro so‘ramoqda.
De Yong o‘tgan mavsum «Barsa» safida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. O‘yinchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Manba: www.championat.asia