«MYu» Nunes «Liverpul» bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng, Abraxamni xarid qilishi mumkin
16.06.2022, 08:30
«Manchester Yunayted» «Roma» hujumchisi Temmi Abraxamni qo‘shib olmoqchi.
«MYu» Nunesni «Liverpul»dan ilib ketmoqchi edi, ammo urugvaylik futbolchi yakunda Mersisayd klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Abraxam esa 2021 yildan beri «Roma»da o‘ynamoqda.
U italyan jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda 53ta o‘yinda maydonga tushib, 27ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Manba: www.championat.asia