Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

Frenki «MYu»ning qiziqishi haqida: «Buni eshitish yoqimli, ammo hozirda jahonning eng yaxshi klubidaman»

16.06.2022, 11:08

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong «Manchester Yunayted»ning qiziqishi haqida navbatdagi marta javob qaytardi.

«Bunday jamoalarning menga nisbatan qiziqishini eshitish har doim yoqimli, ammo hozirda jahonning eng yaxshi klubidaman. «Barsa»da o‘zimni yaxshi his qilyapman, shu bois bu borada menda yangilik yo‘q», – deydi de Yong.

Avvalroq, 25 yoshli futbolchining «MYu» bosh murabbiyi Erik ten Hag bilan suhbatidan keyin Kataloniya klubini tark etishga rozi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, «Barselona» moliyaviy muammolari sababli futbolchisini 85 million yevroga sotishga tayyorligi, ammo de Yong Angliyaga ko‘chib o‘tishni istamayotgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Frenki yakunlangan mavsum klubi safida jami 46 o‘yinda 4 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar
A

  AKOBIR [off]
19.06

Bu xaromini transfer narxi 85mln€ M YU busa transferga 140mln€ ajratgan
Z

  ZAMIR [off]
16.06

E zaybal qildi namuncha uzini oldi vapshe keragsiz shu bola
Umumiy: 2

© 2022 Uzbek Reds
Контакты