«Manchester Yunayted» Vitinya uchun da’vogarlik qilmoqda
16.06.2022, 11:12
«Manchester Yunayted» «Portu» yarim himoyachisi Vitinyaning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.
«Qizil iblislar» 22 yoshli portugaliyalik uchun bosh da’vogar hisoblanadi. Futbolchining o‘zi klubini o‘zgartirishga tayyor va Angliya variantini ko‘rib chiqmoqda.
Yarim himoyachining «Portu» bilan shartnomasida 40 million yevro miqdorida tovon puli yozilgan.
Vitinya 2021/22 yilgi mavsum «Portu» safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. Transfermarkt futbolchini 30 million yevroga baholamoqda.
Manba: www.championat.asia