Din Henderson APLdagi jamoasini o‘zgartirishi mumkin
16.06.2022, 14:07
«Manchester Yunayted» posboni Din Henderson yangi mavsumni boshqa jamoa tarkibida boshlashi mumkin.
23 yildan so‘ng APLga yo‘llanma olgan «Nottingem Forest» jamoasi angliyalik posbon borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Klub uni 20 million funt evaziga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi.
Ushbu mavsumda Henderson mankunianliklar takribida birorta uchrashuvda ishtirok etmadi. 2020/21 yilgi mavsumda esa 13 o‘yinda qatnashib, APLda 10 g‘alabaga erishgandi.
Manba: www.championat.asia