Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Yunayted» menga shartnoma taklif qilmay, xato qilganini ko‘rsatib qo‘ymoqchiman». Pogba «MYu»ni tark etayotgani haqida ilk marta ochiq gapirdi

16.06.2022, 16:49

Yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted»ni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Pol Pogba ilk marta jamoani tark etayotgani haqida ochiq gapirdi.

Fransiyalik futbolchining fikricha, «Manchester Yunayted» u bilan shartnomani uzaytirmay, xatoga yo‘l qo‘ygan.

«Mening endigi maqsadim – «Manchester Yunayted»ning menga yangi shartnoma taklif qilmay, uzoq o‘ylab, xatoga yo‘l qo‘yganini ko‘rsatish bo‘ladi.

Shuningdek, «MYu»ning men bilan shartnomani uzaytirmay xatoga yo‘l qo‘yganini boshqa jamoalarga ham ko‘rsatib qo‘ymoqchiman», – deydi Pogba.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli fransiyalik yarim himoyachi 2016 yildan joriy mavsum yakuniga qadar «Yunayted» sharafini himoya qilib, iyun oyi yakunida jamoani rasman erkin agent sifatida tark etadi. Klub yangi bosh murabbiyi Erik ten Hag va jamoa rahbariyati Pogba bilan kelishuvni uzaytirishni istamagan.

Avvalroq, Pogba «Yuventus» taklifini qabul qilgani, futbolchining Turindagi maoshi Manchesterdagidan qariyb ikki baravar kam bo‘lishi haqida xabar tarqalgan edi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
19.06

Pogba hamma yugurmidi deydi tori lekin passlari zurku topni uncha munchaga oldirib qoymidi.Maydonda tinmay yugurib yurganlar bor.Ularni nima foydasi tegvotti.Misol ucun dalot van bissaka yugurib yuradi lekin befoyda.Futbolda yugurgani emas pass dribling gol muhim

  [off]
17.06

Shu Greenwood kutini qisib yurganida asosiy 9 lik hujumchi bulardi

  Jasurbek [off]
17.06

Yunayted transfer qiladimikin raqiblari ancha kuchaytird oyinchi olib bular hali oyinchi omadi
M

  Maruf [off]
17.06

Кутулганимизга шукур сендан..
S

  SHavkatjon [off]
17.06

Яхши энди хужумкор уйнайди

  [off]
17.06

Pogba o‘zi dangasa bo‘lib qoldi oldinlari ko‘p yugurib ko‘p mehnat qilardi. Hozir o‘ynasa o‘ynaydi xoxlamasa o‘ynamaydi. Sochni xar xil rangga bo‘yash bilan top o‘yinchi bo‘lib qolmaydi.

  [off]
17.06

Balki Jekoni olar 1 mavsumga zaxira hujumchi qilib kiyingi yili Ronaldu ikkisini birdan ketiga tepardi va 9 lik hujumchi olardi

  [off]
16.06

Maguaer o'zini sardor bo'b qolishiga ishonarkan bu hammasidanam ajoyib lekin Maguaerdey kapitan borakan m.yu dan kotta rezultat kutish kulgili faqat

  [off]
16.06

Yilla o'tishi bilan m.yu judayam kuchsizlanib borvotti yildan yilga bu gleyzirla faqat pul boshqa narsani o'ylamiydi bu ketishta kuchli 10 taliga kirsa hursan bo'ladigan paytlayam keb qoladi

  [off]
16.06

Bu ketishta m.yu ni hich kimmi transfer qilomasa kere faqat qiziqish boshqa gap umuman yoq kimladir ilib keturadi biri qimmat birini kuzatadi yana bittasini hotini qogan kamandala kuchaygandan kuchayib qutirib ketishvitti biza faqat kuzatamiz boshqa gap yoq

  Market_Utd [off]
16.06

Санга керегидан ортик имкон берилди,Лекин окламадинг.

  [off]
16.06

Хаммаям Роналду эмасда исталган чемпионатда йоркин ойин корсата оладиган .Гап Роналду хакида эмаску лекин Лукаку ва Погбага охшаганлар орнак олса арзийди

  [off]
16.06

Senga uxshagan tezligi yuq futbolchilar APL da uynay olmadi,raqobatdan qo"rqishadi,shunichun Italiyadek tempi past chimpionatlarga borib maqtanisha xolos,yaqqol misol Lukaku MYU da uynolmadi Inter da daxshat uynadi yana APL ga qaytib Chelseada chekib qo'ydi va yana Interga qaytmoqchi,APL da uynash uchun dux baland bo'lishi kerak qoravoy

  Nodir [off]
16.06

Бундай ўй фикр бн юрадиган инсонга камдан кам омад кулиб боққан
Umumiy: 14

© 2023 Uzbek Reds
Контакты