Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Barselona» «Sporting» futbolchisi uchun «Manchester Yunayted» bilan kurashadi

17.06.2022, 18:13

«Sporting» himoyachisi Gonsalu Inasiuga «Barselona» qiziqmoqda.

Kataloniya klubi 20 yoshli o‘yinchi bilan shartnoma imzolash uchun «Manchester Yunayted» bilan kurashmoqchi.

«Sporting» himoyachini 40 million yevroga sotishga tayyor.

Inasiu o‘tgan mavsum Portugaliya klubi safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Himoyachining shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты