Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu «MYu»ni tark etishi mumkin. Mourino uni «Roma»ga taklif qilmoqchi

17.06.2022, 21:18

Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin.

La Repubblica nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik 37 yoshli hujumchi Erik ten Hagning o‘yin uslubiga mos kelmaydi. Bu uning jamoasini o‘zgartirishiga sabab bo‘lishi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, Ronalduning agenti Jorje Mendesh ayni damda unga yangi klub izlamoqda. Krishtianuga «Roma» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Rimliklar rahbariyatidan tashqari, bosh murabbiy Joze Mourino ham sobiq shogirdini «Roma»da ko‘rishni istayotgani aytilgan.

Qolaversa, futbolchining agenti Mendesh ham Italiyadagi soliq tizimi Yevropaning boshqa mamlakatlaridan ko‘ra yengilroq ekani sababli mijozini A Seriyaga qaytishga ko‘ndirishi mumkin.

Futbolchining o‘zi esa Rimda unga «MYu»dagi kabi yillik 23 million yevro maosh to‘lanmasligi, «Roma» ham Yevropa Ligasida ekani sababli bu transfer Ronaldu uchun jozibador ko‘rinmayapti.

Ma’lumot uchun, Ronaldu yakunlangan mavsumda «MYu» safida jami 39 o‘yinda 24 ta gol va 3 ta assistga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
18.06

Uzingni korsat
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты