Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

Manba: Ronaldu «MYu»ni tark etmoqchi emas

18.06.2022, 10:54

Krishtianu Ronaldu ushbu mavsumda «Manchester Yunayted»ni tark etish niyatida emas.

Avvalroq portugaliyalik hujumchi yangi bosh murabbiy Erik ten Hagning uslubiga to‘g‘ri kelmagani uchun jamoani tark etishi mumkinligi va unga «Roma» da’vogarligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Ammo Sport Witness nashrining yozishicha, hozirda Ronalduning «MYu»ni tark etishi uchun hech qanday salbiy sabab yo‘q, u klubda qoladi.

Manchesterlik jurnalist Jonatan Shrager ham Ronaldu «Yunayted»da yana kamida bir mavsum o‘tkazishni rejalashtirayotgani va ketishni istamasligini qayd etdi.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2022 Uzbek Reds
Контакты